2025 YILNING 9 OYI DAVOMIDA 89 % MUROJAATLAR QANOATLANTIRILDI.
2025 YILNING 9 OYI DAVOMIDA 89 % MUROJAATLAR QANOATLANTIRILDI.
2025 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlariga jami 217 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, shundan elektron murojaatlar soni 98 tani, yozma murojaatlar soni 102 tani, og’zaki murojaatlar soni 17 tani tashkil etadi. 217 ta murojaatlarning 195 tasi ijobiy hal qilinib, qanoatlantirilgan, shulardan 22 tasiga umumiy tushuntirish berilgan.
2025 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi mehnat va soha xodimlarining hatti-harakatlaridan norozilik mazmunida bo'lsa, bandlik muammolari 6 ta, dezinfeksiya tadbirlari bilan bog'liq muammolar 10 ta, virusli gepatit A turiga emlash harakatlari 2 ta, qo’llanilgan jarimadan naroziligi bo’yicha 3tа, Sanitariya qoidalari yuzasidan 186 ta hamda boshqa mazmundagi murojaatlar soni 6 tani tashkil qiladi.
Mazmun jihatidan yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda Sanitariya qoidalari va meyorlarining buzilishiga oid murojaatlar eng ko’p ekanligi ma’lum bo’ldi.
Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasida fuqarolarni rahbarlar tomonidan kunlik qabuli yo’lga qo’yilgan va kelib tushgan murojaatlarni ko’rib chiqish hamda ijobiy yechim topilishiga qaratilgan ish tartbi tashkil qilingan:
Boshqarmada murojaatlar bo’yicha “Ishonch telefonlari” (72-222-37-86) ish kuni davomida uzluksiz ishlashi ta’minlangan;
Takroriy murojaatlar va hal qilinmagan muammolarni tahlil qilib, eng og’ir mahalliy hududlarga chiqib, muammolarni joyida hal qilish tartibi joriy etilgan.