Yangiliklar

2026-08-27

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH YO'NALISHIDAGI ISHLAR O'RGANILDI

topics-img

♻️KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH YO'NALISHIDAGI ISHLAR O'RGANILDI
Sanepidqo‘mning Jizzax viloyat boshqarmasi hamda Sharof Rashidov, Jizzax shahar, Mirzacho'l va Do'stlik tuman bo‘limlarida Qo‘mita tomonidan yuborilgan ishchi guruh a'zolari Yu.Yunusov va N.Mamatov ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🌱O‘rganish davomida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi, xizmat faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi

🌱O‘rganish yakunlari bo‘yicha ijobiy xulosalar bildirildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar ijobiy baholandi.
O‘rganish yakunida boshqarma va tuman bo‘limlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, erishilgan natijalarni yanada mustahkamlash, mavjud ishlarni tizimli davom ettirish hamda korrupsiyaviy xavflarning oldini olish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy vazifamiz!