Forish tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🏢 Forish tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🔹Sanepidqo‘mita Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i K.Ubaydullayev tomonidan Forish tumanida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida ijtimoiy soha obyektlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, isitish tizimlarining sozligi, xonalar va yordamchi binolarning mavsumga tayyorgarligi hamda obyektlarda zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.
🔹 Shuningdek, kuz-qish mavsumida fuqarolar, ayniqsa, bolalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlaridan foydalanuvchilarning salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tezkor hal qilish hamda obyektlarni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi