Yangiliklar

2026-08-10

UNUTMANG! BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR — DORI VOSITASI EMAS!

topics-img

⚠️ UNUTMANG! BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR — DORI VOSITASI EMAS!

Biologik
faol qo‘shimchalar (BFQ) — ratsionni ayrim vitaminlar, minerallar va boshqa biologik faol moddalar bilan to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.

💊 BFQ kasallikni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositasining o‘rnini bosa olmaydi.
Shuning uchun:
🔹 BFQni dori sifatida qabul qilmang;
🔹 kasallik alomatlari kuzatilganda o‘zbilarmonlik bilan davolanishdan saqlaning;
🔹 dori vositalarini shifokor tavsiyasisiz BFQ bilan almashtirmang;
🔹 BFQni qo‘llashdan oldin uning tarkibi va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni diqqat bilan o‘qing.
📌 Sog‘lig‘ingizga befarq bo‘lmang — har qanday qo‘shimchani tanlashda mutaxassis bilan maslahatlashish muhim.

BFQ — qo‘shimcha. Dori — davolash vositasi. Ularni bir-biriga tenglashtirmang!