Yangiliklar

2026-07-17

📌Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

topics-img

📌Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🔹Sanepidqo'mita Jizzax viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (Biznes ombudsman)ning Jizzax viloyati mas’ullari hamda Jizzax viloyati Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
🔹Muloqot davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etish, profilaktik tadbirlarning ahamiyati hamda davlat nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq fikr almashilib, amaliyotda uchrayotgan muammolar muhokama qilindi. Ishtirokchilarning murojaat va takliflari mutaxassislar tomonidan tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.