Yangiliklar

2026-07-16

📢 Profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda

topics-img

📢 Profilaktik targ‘ibot ishlari davom etmoqda
Sanepidqo‘mita Paxtakor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan mahallalarda aholi o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish, qizamiq, virusli gepatit, parazitar kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, dastlabki belgilari va ularni oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, aholiga:
🔹 shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya qilish;
🔹 qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish;
🔹 faqat sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish;
🔹 meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
🔹 toza ichimlik suvidan foydalanish;
🔹 bolalarni milliy emlash taqvimiga muvofiq emlatish;
🔹 kasallik alomatlari kuzatilganda o‘z vaqtida tibbiy muassasaga murojaat qilish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi.