Yangiliklar

2025-07-15

Boshqarmada tartib-intizom, odob-axloq hamda korrupsiyani oldini olish

topics-img

  Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasida barcha xodimlar ishtirokida “Boshqarmada tartib-intizom, odob-axloq hamda korrupsiyani oldini olish” borasida umumiy yig’ilish bo’lib o’tdi. 

  Yigilishni boshqarma boshligi K.Ubaydullayev kirish so’zi bilan ochib, Sanitariya -gigiyena bo’limi va laboratoriyalarda bir qancha kamchiliklarga yo’l qo’yib kelinayotganligi, boshliq o’rinbosarlari va laboratoriya mudirlari tomonidan nazorat susaytirib yuborilganligiga to’xtalib o’tdi.

  Laboratoriya mudirlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga sanitariya-epidemiologik xulosa berish faoliyati yo’lga qo’yilganligi sababli laboratoriyalarda nozoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan olib kelinayotgan maxsulotlarni qabul qilib olish va sanitariya-epidemiologik xulosa berish uchun alohida xona tashkil etish bo’yicha tegishli xodimlarga topshiriqlar berildi.

  Shundan so’ng boshqarma kasaba uyushma qo'mitasi raisi Sh.Abduraimov va Kadrlar bo’limi boshlig’i N.Kamolovlar so'zga chiqib, har bir xodimning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlari, ishga vaqtida kelib-ketishlari, lavozim yo’riqnomasidagi vazifalarini vijdonan bajarishlari, har bir xodim ish jarayonida va oilaviy muammolari bo’lsa “Odob-axloq komissiyasi” ga murojaat qilishlarini aytib o’tishdi.