2025 yilning yanvar-iyun oylari davomida Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlariga jami 164 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, shundan elektron murojaatlar soni 73 tani, yozma murojaatlar soni 80 tani, og’zaki murojaatlar soni 11 tani tashkil etadi. 164 ta murojaatlarning 140 tasi ijobiy hal qilinib, qanoatlantirilgan. Bu ko’rasatgich 2025 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 94 % ni tashkil qiladi. Shulardan 14 tasiga umumiy tushuntirish berilgan.
2025 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi mehnat va soha xodimlarining hatti-harakatlaridan norozilik mazmunida bo'lsa, bandlik muammolari 5 ta, dezinfeksiya tadbirlari bilan bog'liq muammolar 5 ta, gepatit A turiga emlash harakatlari 19 ta, Sanitariya qoidalari yuzasidan 123 ta, boshqa mazmundagi murojaatlar soni10 tani tashkil qiladi.
Mazmun jihatidan yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda Sanitariya qoidalari va meyorlarining buzilishiga oid murojaatlar eng ko’p ekanligi ma’lum bo’ldi.
Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasida fuqarolarni rahbarlar tomonidan kunlik qabuli yo’lga qo’yilgan va kelib tushgan murojaatlarni ko’rib chiqish hamda ijobiy yechim topilishiga qaratilgan ish tartbi tashkil qilingan:
-Boshqarmada murojaatlar bo’yicha “Ishonch telefonlari” (72-222-37-86) ish kuni davomida uzluksiz ishlashi ta’minlangan;
- takroriy murojaatlar va hal qilinmagan muammolarni tahlil qilib, eng og’ir mahalliy hududlarga chiqib, muammolarni joyida hal qilish tartibi joriy etilgan.