Yangiliklar

2026-01-24

Halollik — barqaror taraqqiyot asosi

topics-img

Halollik — barqaror taraqqiyot asosi

♻️Sanepidqo’m Jizzax viloyat boshqarmasida Sanepidqo‘mitaning 2026 yil 21 yanvar kunidagi 03-07/569-son ko‘rsatma xati ijrosi yuzasidan shahar va tuman bo'limlari ishtirokida  videokonferensiya formatda yig’ilish bo’lib o’tdi. 

✅Yig‘ilishni boshqarmasi boshlig‘i K.Ubaydullayev kirish so‘zi bilan ochib, Sanepidqo‘mitaning 2026 yil 19 yanvar kunidagi Sanepidqo‘mning Yakkasaroy tumani bo‘limining sanitariya bo‘linmasi xodimlari tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonini o‘qib eshittirdi. 

✅Shuningdek yig’ilishda kun tartibidagi masala bo‘yicha boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish mutaxassisi Sh.Umarqulov so’zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish, shuningdek davlat tomonidan xodimlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xaqida gapirdi.

✅Bundan tashqari Davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilgan qonunlar talablariga qat’iy rioya etish, tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik muhim ekanini aytib,  mutaxassislar tomonidan profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.
✅Boshqarma boshlig‘i K.Ubaydullayev yig‘ilish yakunida sohada korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan ochiqlik va shaffoflikni shakllantirish choralarini ko‘rishni alohida qayd etdi. 

✅Yig’ilish so’ngida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, shahar va tuman bo‘limi boshliqlariga quyidagi topshiriqlar berildi:
-tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan xodimlar tomonidan tekshiruv jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida muntazam ravishda profilaktik tushuntirish, davra-suhbatlarini o‘tkazilishi  tashkil etib borilsin;
-kadrlar bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish mutaxassislari tomonidan barcha xodimlar manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni belgilangan muddatlarda to‘ldirishlari nazoratga olinsin va tahlil qilinsin;
-elektron tizimlarga ma’sul mutaxasislarni ishlari nazoratga olinsin;
-shahar va tuman bo‘limlari ma’sul xodimlari tomonidan profilaktik ishlarini kuchaytirish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlari, byudjet tashkilotlari, sog‘liqni saqlash, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari hamda aholi ko‘p tashrif buyuradigan joylar kirish qismlariga axborot-ta’limiy flayer va broshyuralar joylashtirish choralari ko‘rilsin.