Yangiliklar

2025-10-05

KАNАLАR CHАQISHIDАN EHTIYOT BOʼLING!!!

topics-img

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi oʼta xavfli yuqumli kasallik xisoblanadi. Ushbu kasallik tabiiy sharoitda oʼzida gemorragik isitma virusini saqlaydigan kanalarning chaqishi va chorva mollaridan ularni olib, qoʼllar bilan kanalarni ezish natijasida terining kana qoni bilan ifloslanishi orqali odamlarga yuqadi. Kasallikning yana bir xavfli tomoni QKGI bilan ogʼrigan bemorning qoni orqali ham gemokontakt yoʼl orqali sogʼlom odamga yuqadi. 
Virus organizmga tushgandan keyin markaziy va vegetativ nerv hamda qon tomir sistemalariga taʼsir etishi oqibatida qon ivishi buzilib, turli qon ketishlar kuzatiladi. Kasallikning yashirin davri oʼrtacha 2 – 3 kun davom etadi. Baʼzida bu davr bir necha soatlargacha qisqaradi yoki 14 kungacha choʼziladi.
Kasallik oʼtkir boshlanib, tana haroratining koʼtarilishi (39 – 40 ºS), yuz, boʼyin, koʼkrak qismi terilarining qizarishi, badanning sovuq qotib qaltirashi, mushaklarning ogʼrishi, toshma toshishi, milk, burun, oshqozon-ichaklardan qon ketishi, inyektsiya joylarida qon quyilishlar kabi alomatlar bilan namoyon boʼladi. Vaqtida tibbiy yordam koʼrsatilmasa, kasallik ogʼir kechadi baʼzi hollarda oʼlim qayd etiladi.
Kana chaqishining oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: 
- Chorvachilik binolarida va boshqa obyektlarda dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini oʼz vaqtida oʼtkazishni;
-  Choʼl hududlariga yoz oylarida imkon qadar chiqmaslik;
- Choʼl hududlaridan, bozorlardan mayda va yirik shoxli mollarni kanaga ishlov bermasdan uyga olib kelmaslik; 
   - Qirqimga jalb qilingan ishchilar toʼliq maxsus kiyim (etik, kombinezon, qoʼlqop) bilan taʼminlanib, gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishni;
   - Yosh bolalar, oʼsmirlarni va homilador ayollarni qirqim jarayoniga jalb etmaslik, sut sogʼish jarayonida sigirlardan kanani qoʼl bilan olmaslik.
- Kichik yoshdagi bolalarga koʼy, echki va it bolalari bilan oʼynashga yoʼl koʼymaslikni; 
- Odam tanasida kana mavjudligi aniqlansa tibbiyot muassasasiga imkoni boricha darhol murojaat qilinishi, u yerda kanani mutaxassis tomonidan olib tashlanishi va malakali mutaxassislar tomonidan tibbiyot kuzatuviga olinishi;
- Tibbiyot xodimlariga murojaat qilish imkoni boʼlmasa pinset yordamida, rezina qulqop bilan olib tashlanishi zarur, agar kana tanaga yopishgan boʼlsa uni zinhor yulib olmaslik, uning ustiga kamfora yogʼi, agar u yoʼg’ boʼlmasa oddiy o’simlik yogʼini tomizish, shunda nafas ololmay qolgan kana soʼrgʼichini tanadan chiqaradi keyin u olib tashlanadi
- Chorva va uy hayvonlarida kanani payqasangiz uni qoʼl bilan olib tashlashga yoki qaychi bilan kesishga harakat qilmaslik, darhol veterinariya mutaxassisiga murojaat qilib, ularning maslahat va koʼrsatmalarini bajarish;
- Kanalarni toʼgʼridan-toʼgʼri qoʼl bilan terish, ezish, va qaychi bilan kesib oʼldirmaslikka yoʼl qo’ymaslik
- Tana harorati yuqori boʼlgan va oʼtqir respirator kasalliklar alomatlari mavjud holatlarda bemorlar oʼz boshimchalik bilan davolanishiga yoʼl qoʼymaslik tavsiya etiladi.
 - Krim-Kongo gemorragik isitmasiga qarshi vaksinatsiya mavjud emas, yuqoridagi qoidalarga qatʼiy amal qilsak, yuqorida qayd etilgan kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini boshqalarga ham tushintirsak oʼzimizni va atrofdagilarimizni sogʼligini himoya qilgan bo’lardik.
Аgar Sizni kana chaqsa yoki qoʼllaringiz kana qoni bilan ifloslansa, zudlik bilan yaqin joylashgan davolash profilaktika muassasalariga murojaat eting!


Sanepidqo’m Jizzax viloyat boshqarmasi 
vrach epidemiologi                                                   F.Shaxzadayeva