“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora- tadbirlar to’g’risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora- tadbirlar to’g’risida” gi PF-71-sonli Farmoni hamda Davlatimiz rahbari tamonidan joriy yilning 5 mart kuni o'tkazilgan korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengash yig’ilishida berilgan topshiriqlari hamda hududlarda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish muhitini shakllantirish bo'yicha tasdiqlangan “Yo’l xarita”si ijrosini ta’minlash maqsadida Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ishlovchi xodimlar o’rtasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo’yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi yig’ilish bo’lib o'tadi.
Yig’ilishda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi tezkor vakili A.Musurmonqulov, Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasining barcha xodimlari hamda shahar va tumanlar bo’lim boshliqlari ishtirok etishdi.