Sanepidqo’mita Jizzax viloyati boshqarmasida boshliq o'rinbosarlari, bo'lim mudirlari va barcha xodimlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish" mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yigilishni boshqarma boshligi K.Ubaydullayev ochib korrupsiyaga qarshi kurash va oldini olish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligiga qarmasdan bir qancha kamchiliklarga yo'l qo'yib kelinayotganligini aytib o’tdi. Shundan so’ng boshqarma kasaba uyushma qo'mitasi raisi Sh.Abduraimov va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi mutaxasisi Sh.Umarqulovlar so'zga chiqib korrupsiyani oldini olish uchun xodimlarga o'z vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarishlarini aytib o'tishdi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee