Yangiliklar

2025-04-12

Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

topics-img

📜Sanepidqoʻmita Jizzax viloyati boshqarmasida 2025 yil 5-martdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustivor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilish yuzasidan 2025 yil 24 mart kuni Jizzax viloyat prokurori ishtirokida viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlariga va Sanepidqoʻmita Jizzax viloyati boshqarmasi hamda uning quyi tizimi xodimlariga oʻtkazilgan yigʻilishda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
⚡️Bugungi kunda tizimda korrupsiya holatlarni oldini olishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilganligiga qaramasdan Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasining shahar va tuman boʻlimlarida korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlar saqlanib, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi ma'lum qilindi.