Murojaatlar belgilangan tartibda ijobiy hal etilmoqda.
Murojaatlar belgilangan tartibda ijobiy hal etilmoqda.
2025 yil yanvar-dekabr oyi davomida Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, shahar va tumanlariga jami 301 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan elektron murojaatlar soni 136 tani, yozma murojaatlar soni 129 tani, og‘zaki murojaatlar 36 tani tashkil etadi. 301 ta murojaatlarning 286 tasi, ya’ni 95 % i ijobiy hal qilinib, qanoatlantirilgan, shulardan 15 tasi umumiy tushuntirish berilgan.
2025 yil davomida aniqlangan murojaatlarning 4 tasi soxa xodimlarning hatti-harakatlaridan norozilik mazmunida bo‘lsa, mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha 2 ta, dezinfeksiya tadbirlari bilan bog‘liq masalalari to‘g‘risidagi murojaatlar 12 ta, tibbiy muassasalarning faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha 13 ta, qo‘llanilgan jarimalardan norozilik masalasi yuzasidan 4 ta, SanQvaM buzilishi to‘g‘risida 250 ta, boshqa masalalar mazmunidagi murojaatlar soni 16 tani tashkil qiladi. Mazmun jihatidan yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda SanQvaMning buzilishiga oid murojaatlar eng ko‘p aniqlanganligi ma’lum bo‘ldi.
2025 yil davomida kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash mobaynida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari aniqlanmadi.