Yangiliklar

2026-07-08

Murojaatlaringiz – e'tiborimiz markazida

topics-img

Murojaatlaringiz – e'tiborimiz markazida
 
 
2026 yilning yanvar-iyun oylari davomida Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlariga jami 179 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, shundan elektron murojaatlar soni 69 tani, yozma murojaatlar soni 80 tani, og’zaki murojaatlar soni 30 tani tashkil etadi. 179 ta murojaatlarning 164 tasi ijobiy hal qilinib, qanoatlantirilgan. Bu ko’rasatgich 2026 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 94 % ni tashkil qiladi. Shulardan 15 tasiga umumiy tushuntirish berilgan.
2026 yil davomida kelib tushgan murojaatlarning 11 tasi mehnat munosabatlari to’risida va rahbar ustidan shikoyati 2 ta bo’lib, 2 tasi soha xodimlarining hatti-harakatlaridan norozilik mazmunida bo'lsa, tibbiy muassasalarning faoliyati bilan bog’liq masalalar boyicha 1 ta, dezinfeksiya tadbirlari bilan bog'liq muammolar 8 ta, qo’llanilgan jarimalardan naroziligi 2 ta, Sanitariya qoidalari yuzasidan 115 ta, boshqa mazmundagi murojaatlar soni 38 tani tashkil qiladi.
Mazmun jihatidan yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda  Sanitariya qoidalari va meyorlarining buzilishiga oid murojaatlar eng ko’p ekanligi ma’lum bo’ldi.
Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasida fuqarolarni rahbarlar tomonidan kunlik qabuli yo’lga qo’yilgan va kelib tushgan murojaatlarni ko’rib chiqish hamda ijobiy yechim topilishiga qaratilgan ish tartbi tashkil qilingan:
 -Boshqarmada murojaatlar bo’yicha “Ishonch telefonlari” (72-222-37-86) ish kuni davomida uzluksiz ishlashi ta’minlangan;
- takroriy murojaatlar va hal qilinmagan muammolarni tahlil qilib, eng og’ir mahalliy hududlarga chiqib, muammolarni joyida hal qilish tartibi joriy etilgan.