O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Jizzax viloyat va Jizzax shahar Kengashi hamda Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasi o’rtasida partiya g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ja
O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Jizzax viloyat va Jizzax shahar Kengashi hamda Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasi o’rtasida partiya g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat siyosiy hayotida faol ishtirok etish, aholi salomatligi va huquqiy ongini yuksaltirish, faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida hamkorlik yo’lga qo’yildi.
Joriy yilning 28-avgust kuni boshqarmaning bir qator xodimlariga “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi raisi o’rinbosari Hamzayev Po’lat Rashidovich va Jizzax shahar Kengashi raisi Saidxonov Vohid Qaddasovichlar tomonidan a’zolik guvohnomalari topshirildi.