Sanepidqo'mita Baxmal tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
Sanepidqo'mita Baxmal tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining hamshiralari ishtirok etishdi.
Seminar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• bolalarni sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish tizimini takomillashtirish;
• oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish;
• yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish hamda emlashning ahamiyati;
• botulizm, quturish, brutsellyoz, gepatit kasalliklari va ularning profilaktikasi.