Sanepidqo'mita Jizzax viloyat boshqarmasida 2025 yil 24 oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori raisligida Sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlariga o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga ba'gishlab o'tkazilgan yig'ilishda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishni boshqarma boshlig'i K.Ubaydullayev kirish so'zi bilan ochib, Respublika Bosh prokurori tomonidan sanepidxizmat sohasiga bildirilgan fikr va mulohazalarini aytib, haqiqatdan ham sohada bir qancha kamchiliklarga yo'l qo'yilganligiga to'xtalib o'tdi. Ushbu kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish bo'yicha tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi va takliflar bildirildi.