Yangiliklar

2025-10-09

Sanepidqo‘mita Jizzax viloyat boshqarmasida korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

topics-img

     Yig‘ilishni boshqarma boshlig'i K.Ubaydullayev kirish so'zi bilan ochib, boshqarmada korrupsiyani oldini olish borasida olib borilgan ishlar, laboratoriyalarga analiz tahlillarini topshirish uchun kelgan fuqarolarni qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, boshqarmada "sirli mijoz" profilaktik tibbiy ko'rikdan o'tish uchun murojaat qilganligi to'g'risida aytib o'tdi. Boshqarma xodimlarini va alohida laboratoriya xodimlarini ogohlikka chaqirib, ish jarayonida korrupsion holatlar va tanish-bilishchilik holatlariga yo'l qo'ymasliklari haqida qayta ogohlantirish berildi. Shu bilan birga Davlat xizmatlari ko'rsatish bo'limi xodimlari alohida ogohlantirildi. Shuningdek kun tartibidagi masala yuzasidan boshliq o'rinbosarlari M.Muxitdinova hamda E.Muzafarovlar ham o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.