Yangiliklar

2026-01-15

♻️Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasining 2025 yilda erishilgan yutuqlari

default

♻️Sanepidqo’mita Jizzax viloyat boshqarmasining 2025 yilda erishilgan yutuqlari

✅Keyingi yillarda tibbiyot xodimlarining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, joylarda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va eng asosiysi ish yuritishdagi yo‘nalishlarda davlatimiz raxbarining qator farmon va qarorlari, Vazirlar mahkamasining, Sog‘liqni saqlash vazirligining va Sanepidqo‘mitaning qator normativ-me’yoriy hujjatlari qabul qilindi.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi “Osiyo taraqqiyot banki  va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki ishtirokida infeksiyalarga qarshi kurashish loyihasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ 310-sonli Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida Sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini modernizatsiya qilish investisiya loyihasi dasturi doirasida viloyat boshqarmasida 1 900 000 AQSH dollarlik “Laboratoriya kompleksi” qurilishi, Paxtakor tuman bo‘limida 1 190 000 va Gʻallaorol bo‘limida 950 000 AQSH dollarlik yangi xizmat binolari qurilishiga start berildi.

✅2025 yilda qurilish ishlari ko‘zda tutilgan va uzoq yillardan buyon muammo bo‘lib kelayotgan sobiq viloyat dezinfeksiya stansyasi binosi va uning maydoni aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmat mablag‘lari hisobiga 300 mln. so‘mga sotib olindi va viloyat boshqarmasi balansiga o‘tkazildi.  

✅Huddi shuningdek, loyiha dasturi doirasida viloyat boshqarmasi va uning 10 ta hududiy bo‘limlariga 751 dona 7 mlrd 682 mln 37 ming so‘mlik laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlar bilan ta’minlandi.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida o‘ta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlik ta’minlandi. 2025 yilda o‘tgan 2024 yilga nisbatan jami virusli gepatit kasalliklari 61%ga, teri-tanosil kasalliklari 22% ga, sil kasalliklari 1,2%ga, parazitar kasalliklar 24,7%ga, shifoxona ichi infeksiyalari 17,3 %ga kamayishiga erishildi.
✅2025 yilda 2024 yilga nisbatan aholiga pullik xizmat ko‘rsatish borasida ham sezilarli ijobiy ishlar qilindi. 2024 yilda aholiga davlat xizmati ko‘rsatish 1 mlrd 764 mln 628 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 4 mlrd 175mln 938 ming so‘mga yetkazildi.

✅Shu jumladan, viloyat boshqarmasida 2024 yilda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi 724 mln 646ming so‘mni tashkil qilgan qilgan bo‘lsa, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 2 mlrd 69 mln 6 ming so‘mni tashkil etdi yoki o‘tgan yilga nisbatan 1mlrd 344 mln 360 ming so‘m mablag‘ ishlab topildi. Ishlab topilgan mablag‘lar normativ-me’yoriy hujjatlar talablari asosida tizimning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va xodimlar manfaatini ijtimoiy himoya qilishga ishlatildi. 

✅Shuningdek, 2025 yilda faoliyati to‘xtatilgan sub’yektlariga sanitariya-epidemiologiya xulosasini beradigan viloyat boshqarmasi sinov laboratoriyasi majmuasi faoliyati qayta tiklandi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan norozigarchiliklarning oldi olindi.