Yangiliklar

2026-01-30

Sanepidqo'mita Sharof Rashidov tuman bo'limida Ichki nazorat va korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni kuchaytirish mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi

topics-img

Sanepidqo’mita Sharof Rashidov tuman bo‘limida Korrupsiyani oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va bo‘limda ko‘rsatilayotgan pullik xizmatni holati hamda Sanepidqo‘mitaning 26 yanvar 2026 yil 03-07/709-sonli topshiriq xati ijrosi yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig‘ilishni viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i K.Ubaydullayev kirish so‘zi bilan ochib,  yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yicha  ma’ruza qilib qo‘yidagilarni ma’lum qildi: bo‘limida xodimlar tomonidan bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini, bo‘lim boshlig‘i tomonidan nazoratni susaytirib yuborganligini gapirib o‘tdi. 
Yig'ilishda boshqarmaning kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.Abduraimov hamda  Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi Sh.Umarqulov so‘zga chiqib,  hukumatimiz tamonidan yurtimizda korrupsion holatlarga  barham berish uchun keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini aytib, korrupsiyaviy harakatlarga o‘z vaqtida   barham  berish, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish lozimligini to'g'risida gapirib o‘tdilar. 
Yig‘ilishda bo‘lim boshlig‘i Q.Sunnatov  so‘z olib, bo‘limda korrupsiyaviy xavf xatarlarni aniqlash va baholashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab, bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, bo‘lim ish faoliyatida korrupsion holatlariga  yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yig‘ilish ishtrokchilarini sergaklikka chaqirib o‘z fikr muloxazalarini bildirdi.