Respublikamizda profilaktik emlash tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 15-iyuldagi "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida"gi qonunining 5-bob 33-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17-iyulda tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi" to'g'risidagi 0239-07/4-sonli sanitariya qoida va me'yorlariga asosan olib boriladi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda 13 turdagi infektisaga qarshi 11 turdagi vaksina bilan, jumladan, poliomiyelit, ko'kyo'tal, difteriya, qoqshol, virusli gepatit B, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, sil kaslligi, odam popilloma virusi, gemofill infeksiyalar, pnevmokokk va rotavirusli infeksiyaga qarshi rejali profilaktik emlash tadbirlari hududiy poliklinikalar tomonidan bepul o'tkazilmoqda.
2025 yilning 6 oyi mobaynida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni Virusli Gepatit Vga rejalashtirilgan 17186 nafardan 17142 nafari (99,7%), silga qarshi 16711 nafari (99,6%), 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni difteriya, qoqshol, ko‘kyutal, gepatit B va gemofil infeksiyaga qarshi tugallangan emlash bo‘yicha rejalashtirilgan 22400 nafardan 22135 nafari (98,8%), poliomiyelitga qarshi 23417 nafardan 23140 nafari (98.8%), Rotovirus infeksiyasiga qarshi 20590 nafardan 20361 nafari (99,7%), Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi rejalashtirilgan 20414 nafardan 20282 nafari (99,4%), 1 yoshli bolalarni qizamiq-epid.parotit, qizilchaga qarshi rejalashtirilgan 20630 nafardan 20501 nafari 99,4%, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarni difteriya, ko‘kyutal, qoqsholga qarshi rejalashtirilgan 21206 nafardan 20978 nafari (98,9%), poliomiyelitga qarshi 21969 nafardan 21908 nafari (99,8%), 6 yoshli bolalarni qizamiq-epid.parotit-qizilchaga qarshi emlash rejalashtirilgan 22880 nafaridan 22750 nafari (99,4%), 9 oylik bolalarni IPV vaksinasi bilan emlash rejalashtirilgan 18444 nafardan 18271 nafari (99,1%), shuningdek, 9 yoshli qizlarning 12128 nafaridan 12079 nafari (99,6%) odam papillomasi virusiga qarshi emlashlar bilan qamrab olingan.
Epidemiologik ko‘rsatmaga asosan 50027 nafar aholi qizamiq vaksinasi bilan, 39383 nafar aholi koronavirus infeksiyasiga qarshi pfayzer vaksinasi bilan, 3766 nafar aholi qoqsholga qarshi emlashlar bilan qamrab olingan. Bundan tashqari, aholining o‘z hisobidan 19146 nafar bolalar virusli gepatining A turiga qarshi emlandi.
Shuni takidlash joizki, emlashlar samarasi o‘laroq 2025 yilning 6 oyi davomida poliomielit, difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, epidemik parotit, qizilcha kabi kasalliklar aniqlanmadi. Qizamiq kasalligi 2024 yilga nisbatan keskin kamaydi.
——————
Emlash tadbirlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining “Call-markazi” – 1327 orqali murojaat qilishingiz mumkin.