Yangiliklar

2023-12-25

VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI DIREKTORI – AKADEMIK BO‘LDI

topics-img

VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI DIREKTORI – AKADEMIK BO‘LDI

 

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori – Akademik bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 173-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib,  tibbiyot fanlari bo‘yicha – Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori – Musabayev Erkin Isakovich tasdiqlandi.

 

Sanepidqo`mita Axborot xizmati